Sergey Lavrov ikki kunlik amaliy tashrif bilan Dushanbega keldi
Tojikiston – Rossiya munosabatlarining izchil rivojlanishi mamlakat tashqi siyosatida muhim ahamiyatga ega, deya 5 fevral kuni bayonot berdi Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuvi chogʻida.
Tojikiston – Rossiya munosabatlarining izchil rivojlanishi mamlakat tashqi siyosatida muhim ahamiyatga ega, deya 5 fevral kuni bayonot berdi Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bilan uchrashuvi chogʻida.
Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda, muzokaralarda ikki va koʻp tomonlama hamkorlik bilan bogʻliq masalalarni muhokama qildi. Siyosiy integratsiya, mintaqaviy xavfsizlik, terrorizmga qarshi kurash, davlat chegarasini muhofaza qilish, Afgʻonistondagi vaziyat, Tojikiston armiyasini modernizatsiya dasturi kabi masalalar muhokama qilindi.
Matbuot xizmatining xabariga qaraganda, uchrashuvda mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlik, paxta, oziq-ovqat, sanoat mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida texnologiyalarni jalb qilish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini Rossiya bozoriga eksportini koʻpaytirish kabi masalalarni hal qilish zarurligi qayd etildi.
Uchrashuvda Tojikistonda Rossiya maktablarini qurish va tojik maktablariga Rossiya pedagoglarini jalb qilish masalalari ham muhokama qilindi. Muzokaralar kun tartibiga mehnat migratsiyasi alohida punkt sifatida kiritildi. Shuningdek, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning Rossiyaga boʻlajak tashrifi dasturi ham muhokamalar mavzusi boʻldi, toʻgʻri hozircha tashrifning aniq sanasi eʼlon qilinmagan.
Sergey Lavrov tojikistonlik hamkasbi Sirojiddin Muhriddin bilan ham muzokaralar olib bordi.
“YEOIXga kirmaydigan mamlakatlar orasida Tojikiston Rossiyaga ishlash uchun yoʻl olgan fuqarolari uchun maksimal darajada imtiyozlardan foydalanmoqda”, deya Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov bayonot berdi. U bu bayonot bilan 5 fevral kuni Rossiya-Tojik Slavyan universitetida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida chiqdi.
Uning soʻzlariga qaraganda, hisobga olinmagan holda Rossiya hududlarida Tojikiston fuqarolari 7 kun emas, balki 15 kun boʻlishi mumkin. “Patent 3 yilga beriladi, bu ham juda muhim boʻlgan jihatdir. Toʻgʻri, patent tezroq arzonlashtirilsa yaxshi boʻlardi, ammo bu muzokaralarni taqozo qiladi”, deya qoʻshimcha qildi rossiyalik amaldor.
Rossiya Federatsiyasi tomonidan xorijiy fuqarolarga nisbatan patent joriy qilinganidan soʻng, Rossiyaning har bir mintaqasida toʻlovlarning oʻz tariflari belgilandi. Masalan, Moskvada bir oylik patent 5 ming rublni, Moskva viloyatida esa 4750 rublni, Sankt-Peterburgda 3800 rublni tashkil qiladi. Eng yuqori patent narxi Saxa-Yoqutiston Respublikasida boʻlib 9330 rubldir.
Matbuot anjumani ishtirokchilaridan biri unga migratsiya amnistiyasi ehtimoli haqida savol berganidan keyin Lavrov Rossiyadagi tojik mehnat migrantlari bilan bogʻliq muammoni koʻtardi. “Amnistiya bir necha bor qoʻllanilgan. Migrantlar bilan ularning Rossiyaga borishlaridan avval ishlash juda ham muhimdir, ular loyqa sxemalar bilan emas, balki oʻzlarining ish beruvchilari kim ekanligini aniq bilgan holda borishlari kerak, ana shunda ochiqchasiga ishlay olishadi. Ularning pasportlari olib qoʻyilmaydi va har ehtimolga qarshi deya konvertlarda pul berilmaydi”, deb taʼkidladi Lavrov.
Rossiya TIV rahbari mehnat migrantlarining huquqlari kafolatlanadigan shartnoma imzolanishi kerakligini aytdi. “Biz mehnat migrantlarining pensiyasi toʻgʻrisidagi hujjatni imzolashimiz kerak – bu hujjat hozir muzokaralar stolida turibdi. Migrantlarni Rossiyaga borishidan avval, Tojikistonning oʻzida tanlashni tashkillashtirishga oid shartnomani imzolash kerak. Readmissiya toʻgʻrisida – Rossiya qonunlarini buzgan migrantlarni Tojikistonga qaytarish toʻgʻrisidagi shartnomani imzolash kerak. Biz shu kabi shartnomani YEI bilan imzoladik, hammasi joyida, shunday ekan bundan qoʻrqish kerak emas”, dedi S.Lavrov.
Uning soʻzlariga qaraganda, bu hujjatlar toʻplami mazkur sohada xufyonalikka butunlay barham berilishi, oshkora boʻlishi va migrantlarga barcha sharoit yaratilishi, Rossiya uchun ham, Tojikiston uchun ham xavf yaratmasligini qayd qilib oʻtdi.