Rossiyaning Shimoliy Koreyadagi elchisi Aleksandr Matsegora chegaraviy hududlardagi yadroviy sinovlar borasida Rossiya KXDR bilan murosa qila olmasligini ma’lum qildi.

“KXDR chegaradosh davlatlar manfaatlarini hisobga olgan holda mamlakat xavfsizligini ta’minlash masalasini hal qilishi va bu qo‘shnilarni xatarga qo‘yish evaziga bo‘lmasligi lozim. Moskva shunday hisoblaydi”, degan u Primore jamoatchilik televideniyesiga bergan intervyusida.

Elchi ta’kidlaganidek, Shimoliy Koreyaning reketa-yadroviy dasturi Rossiya uchun ham yirik va dolzarb muammo. KXDRning yadroviy sinovlar o‘tkazilayotgan poligoni Vladivostokka yaqin masofada joylashgan.

“Biz KXDRlik hamkorlarimizga yadroviy sinovlar bizni quvontirmasligi, ma’qul ham emasligini ochiq aytamiz. Bizning pozitsiyamiz shunday - qo‘shnilarni xatarga solish evaziga o‘z xavfsizligini ta’minlash mumkin emas. Poligonga Vladivostok yaqin joylashgani hisobga olinishi lozim. Biz Shimoliy Koreyaning yadroviy sinovlariga ko‘z yuma olmaymiz”, degan yana Aleksandr Matsegora.

Elchining qo‘shimcha qilishicha, Shimoliy Koreyaga joriy etilgan xalqaro sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlashga Rossiyaning bundan boshqa sabablari yo‘q.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Rossiya yadroviy sinovlar borasida Shimoliy Koreya bilan murosa qila olmaydi