Nikol Pashinyan nomzodi rasman Armaniston bosh vazirligiga ko‘rsatildi
Armanistondagi norozilik harakati yetakchisi, parlamentdagi “Yelk” fraksiyai rahbari Nikol Pashinyan rasman Armaniston bosh vazirliga ko‘rsatildi.
Armanistondagi norozilik harakati yetakchisi, parlamentdagi “Yelk” fraksiyai rahbari Nikol Pashinyan rasman Armaniston bosh vazirliga ko‘rsatildi.
Yangi bosh vazir saylovi 1-may kuni Armaniston Milliy Yig‘ini (parlamenti) maxsus majlisida bo‘lib o‘tadi. Konstitutsiyaviy islohotlardan so‘ng bosh vazir aynan parlament tomonidan saylanadi, prezident emas balki bosh vazir mamlakatdagi hokimiyatning to‘laqonli rahbariga aylanadi.
Bosh vazir etib saylanish uchun nomzod parlamentda 53ta ovoz olishi kerak. Muxolifatdagi “Yelk” fraksiyasining parlamentda atigi 9ta o‘rni bor. Mutloq ko‘pchilik ovoz (58ta o‘rin)ga hukmron Respublikachilar partiyasi ega.
Ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng respublikachilar o‘z nomzodini bosh vazirlikka tavsiya qilmasligini aytdi. Biroq hukmron partiyaning parlamentdagi fraksiyasi rahbari Vagram Bagdasaryan o‘z partiyasi muxolifatdagi partiya nomzodi uchun ovoz berishini iste’sno qildi. O‘tgan haftada Pashinyan bayonot berib, agar “xalq unga mas`uliyatni yuklasa”, u holda Armaniston bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirdi.