Kongo Demokratik Respublikasi qo‘riqxonalaridan birida juma kuni garovga olingan ikki nafar britaniyalik va haydovchi ozod etilgan.

Kongo Demokratik Respublikasi qo‘riqxonalaridan birida juma kuni garovga olingan ikki nafar britaniyalik va haydovchi ozod etilgan. Bu bu haqdatheguardian nashri xabar bermoqda. Ularni mamlakatning sharqida joylashgan Virunja milliy bog‘ida garovga olishgan edi. Qurollangan shaxslardan ularni himoya qilmoqchi bo‘lgan qo‘riqxona xizmatchisi og‘ir jarohat tufayli vafot etgan. Qidiruv ishlariga Kongo harbiylari va milliy bog‘ qo‘riqchilari jalb etildi.

Bu milliy bog‘da yo‘qolib ketish arafasida turgan gorillalar yashaydi. Bu yerda o‘tgan olti xafta davomida bir necha marotabaodamlar o‘g‘irlandi.Garovdagilarni ozod etilishi qanday shartlar asosida amalga oshirilgani borasida qo‘shimcha ma’lumotlar berilmagan.

Qurollangan guruhlarning ancha faollashgani tufayli Britaniya tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolarini Kongo Demokratik Respublikasidagi milliy bog‘ hududiga bormaslikka chaqirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kongoning sharqiy yerlari ko‘p yillardan beri zo‘ravonlik va turli isyonchi guruh va jangarilarning o‘zaro urushlari markazi bo‘lib kelmoqda.

Isyonchi guruhlar va jangarilar xanuzgacha hududning katta qismini nazorat qiladi. Zo‘ravonliklar boshlanganidan beri Virunja milliy bog‘i qo‘riqchilarining 175 nafari jangarilar tomonidan o‘ldirilgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kongo Demokratik Respublikasida garovga olingan Britaniya fuqarolari ozod etildi