O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida audiovizual kommunikatsiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida audiovizual kommunikatsiyaning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirda soha mutaxassislari, yetakchi olimlar, professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodim va mustaqil izlanuvchilar, talabalar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Universitet prorektori T.Madrahimov va boshqalar mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish bosqichma-bosqich, izchil, tizimli va tadrijiy tarzda amalga oshirilayotganini ta’kidladi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi bu boradagi islohotlarni chuqurlashtirishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy sohadagi islohotlarni tezkor, xolis, chuqur tahlillarga asoslangan holda keng ommaga yetkazish jurnalist kadrlardan puxta bilim, mahorat, ijtimoiy faollik, yoritilayotgan sohani chuqur bilishni, ixtisoslashuvni talab etmoqda. Mazkur yo‘nalishda universitetning xalqaro jurnalistika fakultetida ham qator ishlar olib borilmoqda. Bo‘lajak jurnalistlarning ixtisoslashuviga alohida e’tibor qaratilib, ularning bilimini oshirish bilan bir qatorda qiziqishi, intilishi, iqtidor hamda ijodiy qobiliyati har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Tadbir doirasida «Zamonaviy televideniye: tasvir va matn hamohangligi", «Audiovizual jurnalistikada nazariya va amaliyot uyg‘unligi masalalari: talqin va tahlil», «Mediabozor sharoitida audiovizual jurnalistika muammolari», «Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistika va fuqarolik jurnalistikasi: munosabatlar masalasi» singari mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Audiovizual kommunikatsiyaning dolzarb masalalari