O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan marafonda 700 ga yaqin turli soha xodimi, xotin-qizlar, yoshlar, faxriylar ishtirok etdi.

G‘oliblar 18-30, 30-45 va 45 yoshdan katta bo‘lgan guruhlar bo‘yicha aniqlandi.

18-30 yoshlilar guruhida xotin-qizlar o‘rtasida O‘g‘iloy Ilyosova, erkaklar o‘rtasida Quvonch O‘razimbetov birinchi o‘rinni egalladi. 30-45 yosh guruhi bo‘yicha ayollar o‘rtasida Bibioyim Boynazarova, erkaklardan Ollayor Yembergenov birinchi bo‘lib marraga yetib keldi. 45 yoshdan kattalar o‘rtasidagi bahsda Gulnora Otajonova hamda Islom Abdullayev marra chizig‘ini birinchi bo‘lib kesib o‘tdi.

– Jismoniy chiniqish mening kundalik mashg‘ulotimga aylangan, – deydi “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi” nominatsiyasi g‘olibi, 75 yoshli Bekchan ota Hayitboyev. – Har kuni ertalab 40-45 daqiqa yuguraman, bu kun bo‘yi tetik yurishimga yordam beradi. Badantarbiya va jismoniy chiniqish kishining mehnat faoliyatini yaxshilaydi. 40-yildan buyon yugurish bilan muntazam shug‘ullanaman. Xalqaro marafonlarda ham ishtirok etganman. Bugungi marafon tashkilotchilariga rahmat.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Nukusda ham Salomatlik sari ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi