Poytaxtimizda jismoniy tarbiya va sport sohasida olib borilayotgan islohotlarda sport ta’lim muassasalarining roliga bag‘ishlangan uslubiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi va Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan seminarda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan bolalar-o‘smirlar, oliy sport mahorati, ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari va olimpiya zaxiralari kollejlarining direktorlari, jismoniy tarbiya va sport hududiy boshqarmalari rahbarlari, sport faxriylari, yetakchi mutaxassislar ishtirok etdi.

Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi R.Qurbonov va boshqalar yoshlarni barkamol insonlar etib tarbiyalashning muhim vositasi sifatida sportni, ayniqsa, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan doimiy e’tibor sportchilarimizning xalqaro maydonlarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari salmog‘i oshishida muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi. Jismoniy tarbiya va sportni aholi o‘rtasida yanada ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan hujjatlar va bajarilishi zarur bo‘lgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Seminar doirasida respublikamizning barcha hududidan kelgan ishtirokchilar Toshkent shahrida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, “Olimpiya shon-shuhrati” muzeyi, “Bunyodkor” stadioni, O‘zbekiston taekvondo markazi, Yengil atletika markaziga tashrif buyurib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sport yanada ommalashadi