Toshkentda badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichi yakunlandi. Gimnastika bo‘yicha bolalar-o‘smirlar ixtisoslashtirilgan respublika olimpiya zaxirasi sport maktabida o‘tgan musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, Gimnastika federatsiyasi, Xalqaro gimnastika federatsiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Unda vakillarimizdan tashqari, Armaniston, Belarus, Bolgariya, Vengriya, Rossiya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Sloveniya, AQSH, Chexiya, Estoniya hamda Ukrainadan kelgan gimnastikachilar sakkiz yo‘nalishda g‘oliblik uchun bahslashdi.

12.JPG

Mamlakatimizda sportni rivojlantirishga, bolalar, ayniqsa, qizlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishiga sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida yurtimizda barcha sport turlari qatori badiiy gimnastika ham qizlarimiz o‘rtasida jadal ommalashdi va iste’dodli gimnastikachilar yetishib, ular yirik xalqaro musobaqalar hamda turnirlarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Mazkur musobaqalarda gimnastikachilar yakkalik va guruh bahslarida ko‘pkurash va alohida gimnastika predmetlari yordamida mashq bajarish bo‘yicha o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdi. Aksariyat gimnastikachi qizlarning mahorati muxlisu mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Gimnastikachi qizlarning chiqishlari, gilamdagi yengil, chaqqon va nozik harakatlari tomoshabinlarga zavq bag‘ishladi. Ushbu musobaqalar sport, ayniqsa, badiiy gimnastika nafaqat jismoniy, balki ma’naviy go‘zallikni shakllantirish, shaxsni tarbiyalashning muhim asoslaridan biri ekanini yana bir karra isbotladi.

Jahon kubogining yakkalik bahslarida halqa, to‘p, bulava va tasma bilan mashqlar bajargan gimnastikachilar o‘rtasida hamyurtimiz Sabina Toshkenboyeva munosib ishtirok etdi. U bulava bilan mashq bajarishda 17,950 ball to‘plab, shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

16.JPG

– Jahon kubogi musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritganimdan xursandman. Mamlakatimizda badiiy gimnastika jadal rivojlanmoqda. Buning samarasida biz sportchilar turli musobaqalarda Vatanimiz bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarmoqdamiz. Kelgusida ham bundanda yuqori natijalarga erishishga xarakat qilaman, – deydi Sabina Toshkenboyeva.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sabina kumushdan mamnun