Kim nima desa desin, Germaniyani mag‘lub bo‘lishini-yu, Braziliyani ochko yo‘qotishini birov kutmagandi.

Rossiyada o‘tayotgan Jahon chempionatining 4-kungi o‘yinlari chinakamiga shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Mundialning amaldagi chempioni Germaniyani rostdan ham Meksikaga mag‘lub bo‘lishini ancha-muncha odam kutmagandi, Braziliyaning esa Shveysariyaga ochko taqdim etishi ham ko‘pchilikni taajjublantirgani bor gap.

Guruhda yaqqol favorit Braziliya ekanligi qur’adan keyinoq ma’lum bo‘lgandi. Birinchi tur doirasidagi Kosta Rika va Serbiya termalari uchrashuvi natijalari, ayniqsa, o‘zbekistonlik muxlislar uchun sezilarli ahamiyat kasb etganicha yo‘q. Lekin Jahon chempionatiga befarq bo‘lmagan ishqibozlar bu o‘yinni ham kuzatishdi. Deyarli teng kurashlar ostida o‘tgan uchrashuvda serbiyaliklarning yagona goli uchrashuv taqdirini hal etdi. Mazkur g‘alaba 1-turdan keyin Serbiya termasining guruh yetakchisi bo‘lib olishini hatto serbiyaliklarning o‘zlari ham kutishmagan bo‘lsa kerak.

Braziliya... Jahon chempionatining ko‘p karra chempioni, sovrinlarni qo‘lga kiritish bo‘yicha yetakchilardan biri, besh-olti jahon chempionatini g‘alaba bilan boshlab kelayotgan braziliyaliklar kutilmaganda ochko yo‘qotishdi. Filippe Koutino uchrashuvning 20-daqiqasida gol kiritganida barchasi hal bo‘ldi, deb o‘ylashgandi. Pele hamyurtlarining birinchi bo‘limdagi shashtlarining yuqoriligi gollar soni yanada ortishidan darak berayotgandi. Lekin amalda bunday bo‘lib chiqmadi. Bunga braziliyaliklarga omad yetishmagani, Neymarning o‘yini qovushmagani va albatta, shveysariyaliklarning o‘yin oxirigacha kurashgani sabab bo‘ldi. Stiven Suberning ikkinchi bo‘lim boshlarida kiritgan goli uchrashuv taqdirini hal etishi o‘sha daqiqalarda hech kimning xayoliga kelmagandi. Shveysariya bitta bo‘lsa-da ochko olishga haqlidek edi. Yigitlar maydonda borini berishdi, yaratilgan bir necha vaziyatlarda ularga aniqlik yetishmadi, aks holda hatto g‘alaba qozonishlari ham mumkin edi... 

“E” guruhi. 1-tur. 17 iyun.

KOSTA RIKA – SЕRBIYA (0:1) “Samara arena” stadioni.

costa-rika-serbiya.jpg

Bosh hakam: Malang Diyedxiu (Senegal).

Kosta Rika: Keylor Navas, Jonni Akosta, Jankarlo Gonsales, Oskar Duarte, Fransisko Kalvo, Kristian Gamboa, Selso Borxes, Brayan Ruis, David Gusman (Daniel Kolindres, 74), Xoan Venegas (Kristian Bolanos, 60), Markos Urenya (Joel Kempbell, 67).

Serbiya: Vladimir Stoykovich, Dushko Tadich, Branislav Ivanovich, Aleksandr Kolarov, Nikola Milenkovich, Dushan Tadich (Antonio Rukavina, 83), Luka Milivoyevich, Sergey Milinkovich-Savich, Nemanya Matich, Adem Lyaich (Filipp Kostich, 70), Aleksandr Mitrovich (Aleksandr Priyovich, 89).

Gol: Aleksandr Kolarov (56).

Ogohlantirish: Fransisko Kalvo (22) - Branislav Ivanovich (60).

BRAZILIYA – SHVЕYSARIYA (1:1) “Rostov arena” stadioni.

258421.jpeg

Bosh hakam: Sezar Ramos (Meksika).

Braziliya: Alison Beker, Tyago Silva, Miranda, Marselo, Danilo, Kasemiro (Fernandino, 60), Filippe Koutino, Paulino, Villian, Gabriel Jezus (Firmino, 80), Neymar.
Shveysariya: Yan Zommer, Stefan Lixtshtayner (Lang, 87), Manuel Akanji, Rikardo Rodriges, Fabian Sher, Granit Jaka, Valon Bexrami (Zakariya, 71), Stiven Suber, Blerim Jemayli, Sherdan Shakiri, Xaris Seferovich (Embolo, 80).

Gol: Koutino (20) - Suber (50).

Ogohlantirishlar: Kasemiro (47) - Lixtshtayner (31), Sher (65), Bexrami (68).

“F‘” guruhi. 1-tur. 17 iyun. 

Nafaqat turning, balkim guruh o‘yinlarining, kim biladi, hatto chempionatning chinakam shov-shuvli voqeasi amaldagi chempionlarning mag‘lubiyatga uchrashlari bo‘ldi. Kroosning omadi chopmadi, Myullerning o‘yini qovushmadi, O‘zil esa deyarli ko‘rinmadi ham. Aksincha, meksikaliklar “otga qamchi bosishdi”. Meksika termasining har bir a’zosi maydonga hayot-mamot deya tushishdi, hech kim Jahon chempionlaridan qo‘rqishmadi. Rostda, jamoani hatto 80 yoshdan oshgan muxlis va muxlisalari stadionning o‘zida qo‘llab-quvvatlab turgandan keyin. Terma jamoasiga yetmish yildan buyon muhlislik qilayotgan, ayni paytda 82 yoshni qarshilagan Patrisiya xonim futbolchilarini qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaga yetib kelganiga nima deysiz? “Lujniki” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yagona golni o‘yinning 35-daqiqasida Irving Losano urdi.

GЕRMANIYA – MЕKSIKA (0:1) Moskva. “Lujniki” stadioni.

2583f0.jpeg

Bosh hakam: Alirizo Fag‘oniy (Eron).

Germaniya: Noyer, Boateng, Plattenxardt (Gomes, 79), Kimmix, Xummels, Xedira (Roys, 60), Kroos, O‘zil, Draksler, Verner (Brandt, 86), Myuller.

Meksika: Ochoa, Moreno, Ayyala, Salsedo, Layyun, Errera, Galyardo, Vela (Alvares, 58), Guardado (Markes, 74), Losano (Ximenes, 66), Ernandes.

Gol: Losano (35).

Ogohlantirishlar: Myuller (83), Xummels (84) - Moreno (40), Errera (90).

Oybek Yunusov

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MUNDIAL KUNDALIGI: chinakam shov-shuv – amaldagi chempion startni mag‘lubiyat bilan boshladi