Kartingchilar bellashuvi
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida karting bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida karting bo‘yicha viloyat ochiq birinchiligi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan musobaqada mezbonlar bilan birga, Andijon, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va poytaxtdan kelgan sportchilar bellashdi.
Poygalarda barcha raqiblarini ortda qoldirgan Amir Hamdamov, Bogdan Ustinov, Lochin Erkaboyev, Toirjon Qosimov, Islom Ismoilov, Ahmadjon Egamberdiyev, Sherali Abdullayev, Vyacheslav Shipkov o‘z yosh toifasida g‘olib bo‘ldi.
Umumjamoa hisobida Namangan viloyati jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Toshkent shahri sportchilari ikkinchi, andijonlik kartingchilar uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.