Musobaqa jadvalida «Lokomotiv» jamoasi 39 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Chempionatning ushbu turida Toshkentning «Paxtakor» klubi o‘z maydonida Farg‘onaning «Neftchi» jamoasini qabul qildi. O‘yinning dastlabki bo‘limida har ikkala jamoa a’zolari hujumkor o‘yin namoyish etgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi. Biroq bahsning ikkinchi bo‘limida poytaxtlik futbolchilar bor e’tiborni hujumga qaratdi va yakunda raqiblarini 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

«Lokomotiv» jamoasi Jizzaxda «So‘g‘diyona» bilan kuch sinashdi. O‘yinda «temiryo‘lchi"lar 4:0 hisobida zafar quchdi. Turning kutilmagan natijasi «Buxoro» (Buxoro) – «Nasaf» (Qarshi) uchrashuvida qayd etildi. Mazkur bahsda buxoroliklar raqibini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, «Metallurg» (Bekobod) o‘z maydonida «Mash’al» (Muborak)ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi.

«Qo‘qon – 1912» (Qo‘qon) – «Obod» (Toshkent), «Sho‘rtan» (G‘uzor) – «Dinamo» (Samarqand), «Bunyodkor» (Toshkent) – «Olmaliq» (Olmaliq) uchrashuvlari 1:0 hisobida yakunlandi. «Navbahor» (Namangan) jamoasi «Qizilqum» (Navoiy) ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Futbol bo‘yicha mamlakat chempionati oliy liga bahslarining 17-tur uchrashuvlari yakunlandi