Bekalar velosportda bellashdilar
Shahrixon tuman xotin-qizlar qo‘mitasi hamda “Vatanparvar” tashkiloti tuman bo‘limi hamkorligida “Sog‘lom oila – jamiyat boyligi” shiori ostida velotur musobaqasi o‘tkazildi.

Oilalar, ayniqsa, xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularning velosport turiga qiziqishini oshirish va ommaviyligini ta’minlash, sportga oshno tutinganlar safini yanada kengaytirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 48 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan havaskor velosipedchilar qatnashdi.
18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan ishtirokchilar o‘rtasida Abdubiy mahallasi vakilasi Durdonaxon Hakimova, 31-44 yoshgacha bo‘lganlar orasida Qashqar mahallasida istiqomat qiluvchi Dilfuzaxon Usmonova marra chizig‘iga birinchi bo‘lib yetib kelishdi.
G‘olib va ishtirokchilarga tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mirolim Isajonov Rustambek Arabboyev olgan suratlar