Etti yoshli Farzona Xayrullayeva uch yildan buyon Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida badiiy gimnastika bilan shug‘ullanadi.

– Qizim Farzona nimjongina qiz edi, immuniteti past, ishtahasi yo‘q bo‘lardi, – deydi Dildora O‘rinboyeva. – Badiiy gimnastika bilan shug‘ullana boshlagandan keyin undagi ijobiy o‘zgarishlarni, sog‘lom bo‘lib voyaga yetayotganini ko‘rib quvonaman.

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 1-bolalar va o‘smirlar sport maktabida 735 nafar sportsevar o‘g‘il-qiz sportning taekvondo, futbol, basketbol, voleybol, erkin kurash, belbog‘li kurash, badiiy gimnastika va yengil atletika kabi turlari bo‘yicha tajribali murabbiylar qo‘l ostida shug‘ullanmoqda.

Bu yerda, ayniqsa, sportning nafis turi – badiiy gimnastikaga a’lohida e’tibor qaratiladi.

– Guruhimizga qizlarni 3-5 yoshdan qabul qilamiz, – deydi murabbiy Niso Davlatova. – Badiiy gimnastika bilan shug‘ullangan qizlar qat’iy kun tartibiga, to‘g‘ri ovqatlanishga rioya qiladi. Borgan sari ularda epchillik, chaqqonlik, ziyraklik ortib boradi. Ushbu sport turi bilan muntazam shug‘ullana boshlagan qizlarning o‘qishga, bilim olishga bo‘lgan qiziqishi ham sezilarli ravishda o‘sadi.

Bugun sportga havasi ortib, sog‘lom turmush tarziga oshno tutinayotgan o‘g‘il-qizlar safi tobora kengayib bormoqda. Ular sport mashg‘ulotlari orqali salomatligini mustahkamlash bilan birga, o‘z oldiga qo‘ygan ezgu maqsadlari sari intilayotir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Badiiy gimnastika – salomatlik garovi