“Kamalak” bilimdonlari saralandi
Nukusda “Kamalak” bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Nukusda “Kamalak” bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.An’anaviy tanlovda uning tuman va shahar bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 16 jamoa qatnashdi.
Ishtirokchilar “Kamalak” a’zosiman”, “Kamalak” bilimdonlari”, “Men orzu qilgan “Kamalak” bolalar tashkiloti”, “Bilimdonlar bellashganda” shartlari bo‘yicha o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.
Chimboy tumanining “Ko‘zmunchoq” jamoasi tanlov g‘olibi bo‘ldi. Amudaryo tumanining “Nihol”, Qo‘ng‘irot tumanining “Kelajak” jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.
Chimboy tumanining “Ko‘zmunchoq” jamoasi tanlov g‘olibi bo‘ldi. Amudaryo tumanining “Nihol”, Qo‘ng‘irot tumanining “Kelajak” jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.