Yaqin-yaqingacha xalq orasida bank xizmatlaridan norozilik kuchli edi. Oddatda muammo, bank binosining kirish eshigidan boshlanardi. Eshik oldida kutishlar bilan boshlangan asabbuzarlik xodimlar bilan munosabatga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi esa tabiiy.

Endi... Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko‘rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda. Ularning turlari kengaytirilib, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik ta’minlanmoqda.

Ha, ochiqlik bo‘lganda nima? mijozlarni gullar bilan kutib olishadimi? yoki borgan odamga mana senga deya, pul berishadimi? Balki...

Shu joyda bir oz to‘xtab, nafas rostlangan. Siz kinoya qilgan darajada bo‘lmasada, tizimda yangicha o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Yangiliklar va mijozlarga yaratilgan qulayliklar haqida bilish uchun «Qishloq qurilish bank»ning Toshkent viloyat mintaqaviy filialiga kirib bordik.

6.JPG

Hech kim yo‘limizni to‘smadi. Eshikdan kirishdagi to‘sqinlar olib tashlangan. Kirish eshigining o‘ng tomonida ikkita bank xodimi bizni kutib oldi. Yangi tashkil etilgan - «Mijozga xizmat» axborot markazining xodimlari mijozlarni kutib olgach, ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari to‘g‘risida dastlabki maslahatlarni berishar ekan. Kelishimiz sababini bilgach, ular bizga ushbu markazning ish faoliyati haqida so‘zlab berishdi: 

« - Mijozlar militsiyaning yonida ruxsatnoma kutishi, telefon qilib kimdir olib chiqib ketishini kutib qolishi ko‘p vaqtni olardi. Birinchi kelgan mijozlar kimga, qanday murojaat qilishni bilmay turib qolishi ham bor gap. 

7.JPG

Endi bunday holatlarga chek qo‘yiladi. Biz bankka kelayotgan mijozlarni barcha savollariga javob beramiz. Ularni tegishli mutaxassis bilan uchrashishini ta’minlaymiz. Bankimizda tadbirkorlar xonasi, jismoniy shaxslarni qabul qilish xonasi mavjud. Mijozlar agarda kutib qolishsa, ularga choy, mineral suv, kofe va shirinliklar taklif qilamiz.

Bizga murojaat qilgan har bir fuqaro mijozga aylanib, ushbu bank uning barcha muammolarini hal qila olishiga ishonch hosil qilishi kerak. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 23 martida qabul qilingan «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida qaroriga ko‘ra dastlabki ruxsatlarsiz va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mijozlarga bevosita xizmat ko‘rsatilmoqda».

- Qariyb o‘n yildan buyon ushbu bank mijoziman,-deydi Bo‘ka tumanidagi «Agro bunyodkor qurilish» korxonasi direktori Asadulla Nasibov.- Bugun kelib, kirib-chiqishning bemalol bo‘lganiga hayron bo‘ldim, to‘g‘risi. Vaziyatni bilgach, haqiqatdan ham bank mijoz uchun emas, mijoz bank uchun tamoyili hayotda o‘z ifodasini topganiga xursand bo‘ldim.

Darhaqiqat, dastlabki ruxsatlar olishning sanoqsiz tartib-taomillarining bartaraf etilishi, “bank”dek muassasaga mijozning hujjatsiz kirishi, undan tashqari maslahatlar xizmatlari ochiqligining ta’minlanayotgangini e’tiborga oladigan bo‘lsak, biz tom ma’noda “yangi bank madaniyati”ning shakllanishiga tamal toshi qo‘yilganiga guvoh bo‘lib turibmiz.

11.JPG

Yana bir gap. Bunday ochiqlik nafaqat «Qishloq qurilish bank»da balki yurtimizdagi har bir moliya muassasasida ta’minlangan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Banklarda turniket va qorovullar xizmatidan voz kechildi