Prezidentimizning 2017-yil 1-fevraldagi “Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq "Yagona darcha” markazlari tuman, shahar hokimliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqaruviga o‘tkazilgani tadbirkorlarga yangi qulayliklar yaratmoqda.

Darhaqiqat, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 16 turdagi xizmat “Yagona darcha” markazlarida rasmiylashtirilayotgani turli sansalorlik va ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olib, tadbirkorlarning vaqti va mablag‘ini tejamoqda.

– “Yagona darcha” markazi orqali barcha tashkilotlarga murojaatlarim qonunda belgilangan muddatda hal bo‘ldi, – deydi Jizzax shahridagi “Aziya plast kapital” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tijorat ishlari bo‘yicha rahbari Sherzod Salimov. – Ilgari o‘z ishingni ochish uchun ruxsat beruvchi idoralarning har biriga uch-to‘rt martadan borishga to‘g‘ri kelardi. Idora rahbarining joyida bo‘lmasligi, arzimagan sababni ro‘kach qilib, imzo qo‘yishni paysalga solishi oddiy hol edi. Bunday to‘siqlardan qiynalib tadbirkorlik qilishdan voz kechganlar qancha. Bugun tadbirkor davlat idoralariga bog‘liq barcha murojaatini hech qayerga bormay va hech kimga iltimos qilmay internet orqali hal etishi mumkin.

Joriy yilning birinchi choragida Jizzax viloyatidagi “Yagona darcha” markazlariga tadbirkorlik subyektlaridan 1 ming 500 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish, yer uchastkasi, bino va inshootlar, ko‘p yillik daraxtlarga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma olish, tashqi reklamani joylashtirishga ruxsat olish va boshqa shu kabi masalalardagi murojaatlarning barchasi bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlangan.

Tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika va hududiy komissiyalar tashkil etilgani “Yagona darcha” markazlari faoliyatiga to‘siq bo‘ladigan masalalarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Joriy yilning 1-aprelidan boshlab tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish 1 ish kunida, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, mulk shaklini va nizom fondini o‘zgartirish 2 ish kunida hal etilmoqda.

“Yagona darcha” markazining internet orqali ko‘rsatayotgan xizmatidan foydalanish ham kengaymoqda. Masalan, shu yilning dastlabki uch oyida yuridik va jismoniy tadbirkorlik subyektlarining 180 dan ortiq murojaati internet orqali hal etilgan.

– 2018-yilning 1-yanvaridan “Yagona darcha” markazlarida barcha murojaatlar to‘liq internet orqali qabul qilinishi rejalashtirilgan, – deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Umrzoqov. – Ayni paytda talab yuqori bo‘lgan 86 turdagi litsenziya va ruxsatnomalarni "Yagona darcha" markazlari orqali rasmiylashtirish mexanizmi bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Bu bilan tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga qo‘yish jarayoni yanada yengillashib, yangi, yaxlit tizim yaratiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Yagona darcha – yuzlab imkoniyat