Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, tadbirkorlar, mehnat faxriylari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, tadbirkorlar, mehnat faxriylari, yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, soha subyektlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilayotgan alohida e’tibor mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

– Prezidentimiz joriy yil 7-8-iyul kunlari viloyatimizga tashrifi chog‘ida Namangan shahrining iqtisodiy salohiyati haqida to‘xtalib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida muhim vazifalarni belgilab berdi, – deydi Namangan shahar hokimi Sh.Abdurazzoqov. – Mazkur kichik sanoat zonasi istiqbolli loyihalardan biri bo‘lib, hudud iqtisodiyotining yanada yuksalishiga, aholi bandligi va farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Kichik sanoat zonasida dastlab to‘qimachilik, farmatsevtika, qurilish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash kabi yo‘nalishlarda 9 loyiha amalga oshiriladi. 450 yangi ish o‘rni yaratiladi. 10 gektar maydonda barpo etiladigan kichik sanoat zonasida yil oxiriga qadar jami 44 istiqbolli loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ularning har birida 50 tadan yangi ish o‘rni yaratish mo‘ljallangan. E’tiborlisi, sanoat majmuasini ishga tushirish orqali aniq mashg‘ulot turiga ega bo‘lmagan, ishsiz yurgan yoshlar bandligini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Ishtirokchilar kichik sanoat zonasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi.

– Biz bu yerda qandolatchilik va dori-darmon mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilganmiz, – deydi “Hilol totli” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari I.Hojiyev. – Loyihaning birinchi bosqichida 200 ming, keyingi bosqichida 500 ming dollar miqdorida mablag‘ sarflanishi rejalashtirilgan. Bunda o‘z mablag‘imizdan tashqari “Ipak yo‘li” banki kreditidan foydalanamiz. Loyiha amalga oshgach, 100 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Tadbirda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Namangan shahrida “Orzu” kichik sanoat zonasi poydevoriga birinchi g‘isht qo‘yildi