Prezidentimizning 2017-yil 17-martdagi “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida joriy yilning birinchi yarmida Jizzax viloyatida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 300 milliard so‘mlikdan ortiq kredit mablag‘lari ajratildi.

– Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tuman filialining 182 million so‘m krediti evaziga zamonaviy mebel ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydik, – deydi Mirzacho‘l tumanidagi "Shohjahon fayz universal servis” xususiy korxonasi rahbari B.Muqimov. – Olti kishi mehnat qilayotgan korxonamizning zamonaviy dizayndagi divan, stol-stul, bolalar krovati kabi mebellari, ayniqsa, yosh oilalarga manzur bo‘lmoqda.

Korxona hududdagi boshqa tashkilotlardan ham buyurtmalar oladi. Yaqinda korxona “Gagarin ma’danli suvi” sanatoriyasiga buyurtma asosida turli mebellar yetkazib berdi.

Mamlakatimizda aholini tadbirkorlikka keng jalb etishga qaratilgan tadbirlar tumanda ham izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, moliya muassasalari xodimlari tumandagi 10 mingdan ziyod xonadonda bo‘lib, tadbirkorlik qilish bo‘yicha keng tushuncha berdi. Buning samarasida joriy yilning o‘tgan davrida 938 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini boshladi. Ularga tegishli ravishda bank kreditlari ajratildi.

Ilgari iqtisodiyotining asosiy sohasi qishloq xo‘jaligi bo‘lgan tumanda bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ham tobora rivojlanmoqda. Shu maqsadda 2017-2018-yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan tadbirlar izchil amalga oshirilayotir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kichik kreditning katta foydasi