Keng imkoniyatlardan foydalanib...
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi Komiljon Shodiyev Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibordan foydalanib, “Aziz Bunyod servis” xususiy korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida yashovchi Komiljon Shodiyev Prezidentimiz rahnamoligida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibordan foydalanib, “Aziz Bunyod servis” xususiy korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.Chorvachilikka ixtisoslashgan korxonada 60 dan ziyod naslli qaramol parvarishlanmoqda. Korxona tasarrufidagi 20 gektar yerda yem-hashak yetishtiriladi.
Tadbirkorning ta’kidlashicha, kelgusida korxona qoshida sutni qayta ishlash sexi va intensiv bog‘ tashkil etish rejalashtirilgan. Loyiha amalga oshgach, 30 ish o‘rni yaratiladi.