O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 23-martdagi PQ-3620 – sonli Qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki hozirgi kunda xalqaro pul o‘tkazmalari faoliyatida aholiga bir qator qulaylik va yangiliklar yaratish bilan birga arzon tariflarni taqdim etadi.

1793_5864f706d30a8.jpgO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 23-martdagi PQ-3620 – sonli Qarorining ijrosini ta’minlash yuzasidan, “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki hozirgi kunda xalqaro pul o‘tkazmalari faoliyatida aholiga bir qator qulaylik va yangiliklar yaratish bilan birga arzon tariflarni taqdim etadi.

Hozirgi kunda“Ipoteka-bank”ning respublikamiz hududlari bo‘yicha jami tizimida 81 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat yuritmoqda.

Mijozlarga qulayliklar yaratish maqsadida “Ipoteka-bank” ATIB Mehnat filiali qoshidagi “Mirobod” mini banki xalkaro pul o‘tkazmalari tizimlari (“WESTERN UNION”, “UNISTREAM”, “MONEY GRAM”, “Zolotaya Korona”) orqali xorijdan kelgan pul o‘tkazmalaringizni olishingiz yoki xorijga pul o‘tkazmalaringizni jo‘natishingiz uchun haftaning shanba va yakshanba kunlarida soat 08:00 dan 18:00 gacha qolgan ish kunlarida esa soat 08:00 dan 23:00 gacha xizmat ko‘rsatish tashkillashtirildi.

Shu bilan birga, “Ipoteka-bank” ATIB Toshkent shahar filialining Amaliyot boshqarmasi tomonidan bir vaqtning o‘zida xalkaro pul o‘tkazmalari tizimlari bo‘yicha tezkorlik bilan sakkiz nafar xodim xizmat ko‘rsatadi. Kelgusida bunday tartib bankning barcha filiallarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Bankda tashkil etilgan xalqaro pul o‘tkazmalari qulayliklaridan biri “Cash2Card” xizmat turi bo‘lib, O‘zbekistondan miliy valyutani yoki naqd xorijiy valyutani, “Yunistrim” tizimiga ulanib ishlovchi xorijiy davlat banklarida emissiya qilingan plastik kartalariga real vaqt rejimida o‘tkazish mumkin. Buning uchun Siz bankning xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari xodimlariga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan, pul oluvchining xorijda emissiya qilingan plastik karta ma’lumotlarini taqdim etsangiz kifoya. Bankning xodimlari esa Siz bergan ma’lumotlar asosida bir zumda oluvchining plastik kartasiga Siz taqdim etgan pulni naqdsiz ko‘rinishda o‘tkazib berishadi. Bu bilan Siz xorijdagi mablag‘ oluvchini vaqtini tejagan bo‘lasiz.

Shuningdek, “Ipoteka-bank” ATIB O‘zbekistondagi tijorat banklari orasida birinchilardan bo‘lib, ya’ni 2017 yilning dekabridan boshlab (bu haqida http://www.ipotekabank.uz/uz/press/news/3623/) mijozlarning naqd va plastik kartalaridagi milliy valyutasini korvertatsiya qilib, xorijiy valyuta ko‘rinishida xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali jo‘natish operatsiyalarini amalga oshirayotganligini eslatib o‘tamiz. Bunda, milliy valyutani (so‘mni) xorijiy valyutada jo‘natish kursi operatsiya bajarilayotgan kundagi “Ipoteka-bank” ATIB AQSH dollarining milliy valyutaga nisbatan sotuv kursi hisoblanadi.

Shu bilan birga, Ipoteka-bank tomonidan mijoz istagiga ko‘ra:

-xorijiy davlatdan jo‘natilgan xorijiy valyutani naqd milliy valyutada (so‘mda) to‘lab berish;

-xorijiy davlatdan jo‘natilgan xorijiy valyutani Ipoteka-bankda ochilgan shaxsiy so‘m plastik kartasiga o‘tkazib berish orqali to‘lab berish;

-xorijiy davlatdan jo‘natilgan xorijiy valyutani ma’lum qismini naqd xorijiy valyutada (AQSH dollarida) qolgan qismini naqd milliy valyutada (so‘mda) to‘lab berish kabi bank xizmatlari ko‘rsatiladi.

Bunda, ushbu operatsiyalarda xorijiy valyutani milliy valyutada (so‘mda) to‘lab berish kursi operatsiya bajarilayotgan kundagi “Ipoteka-bank” ATIB tizimida AQSH dollarining milliy valyutaga nisbatan xarid kursi hisoblanadi.

Sizni yuqorida keltirib o‘tilgan qulaylik bilan birga albatta boshqa banklarga nisbatan arzon vositachilik haqlari ham qiziqtirishi tabiiy.

Bankda “Zolotaya Korona” xalqaro pul o‘tkazmalari orqali pul o‘tkazmalaringizni hech qanday vositachilik to‘lovlarisiz, “Bivalyuta” xizmat turi orqali mutlaqo bepul amalga oshirish mumkin. Bunda Sizning O‘zbekistondan jo‘natgan milliy yoki naqd xorijiy valyutangiz xorijiy davlat banklari tomonidan xorijiy davlatning milliy valyutasida oluvchiga to‘lab beriladi.

Xuddi shunday tartib “Yunistrim” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali MDH davlatlari hamda Gruziya Respublikasiga o‘tkazmalar amalga oshirilganda ham amal qilinadi.

Bundan tashqari, joriy yilning 12 aprelidan boshlab bankda “Yunistrim” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali MDH davlatlariga AQSH dollarida yuborilgan o‘tkazmalar uchun komissiya miqdori 1 foiz etib belgilandi (ma’lumot uchun bungacha 1,5 foiz edi).

Yana shunday qulayliklardan biri “Ipoteka-bank” ATIB va “Zolotaya Korona”, “Yunistrim” tizimlari o‘rtasidagi kelishuvga muvofiq bankdan 4000 dan 5000 AQSH dollarigacha jo‘natilgan o‘tkazmalar uchun atigi 30 AQSH dollari miqdorida komissiya belgilangan.

“WESTERN UNION” va “MONEY GRAM” xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi orqali yuboriladigan jo‘natmalar uchun komissiyalar miqdori jo‘natma yuborilayotgan davlat va pul miqdoriga qarab belgilanadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

www.ipotekabank.uz

https://telegram.me/ipotekabankofficial

Murojaat uchun telefon: +998 71 150-98-21;

“Mirobod” mini banki manzili:

Toshkent shaxar, Mirobod ko‘chasi 35-uy. Mo‘ljal: “Grand Mir Hotel” mehmonxonasi. Tel.: +998 71 252-56-47;

Toshkent shahar filialining Bosh amaliyot boshqarmasi manzili:

Mustaqillik shox ko‘chasi 15-uy. Mo‘ljal: metroning Amir Temur bekati. Tel.: +998 71 150-47-97

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ipoteka-bank” Sizga imkoniyat yaratadi