Navoiy viloyatida joriy yilda 1 ming 274 fermer xo‘jaligi tomonidan 33 ming 288 gektar maydonga chigit ekiladi. Ayni paytda viloyatda chigit ekish ishlari avjida.

Qiziltepa tumani “Demas” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “Sultonmahmud Bo‘stoniy” fermer xo‘jaligi dalasida hudud faollari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida namunali tarzda chigit ekish jarayoni tashkil etildi.

Ushbu fermer xo‘jaligi tasarrufida 65,5 gektar ekin maydoni mavjud. Ayni paytda 30 gektarda parvarishlanayotgan g‘alla baravj rivojlanmoqda. 35,5 gektar maydonga chigit ekilayotir.

4.JPG

5.JPG

– Klaster tizimining joriy etilgani daromadimiz oshishini ta’minlamoqda, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari Mahmud Sultonov. – Xo‘jaligimiz yerlariga kasalliklarga chidamli, hosildorligi yuqori bo‘lgan “Buxoro-6” navi ekilmoqda. O‘tgan yili paxtadan yaxshigina daromad oldik. Bu yil orttirgan daromadimizdan yangi texnikalar sotib olishni rejalashtirganmiz.

Ko‘p tarmoqli xo‘jalikda 5 gektarlik bog‘ va 7 gektardan ortiq maydonda tutzor tashkil etilgan.

O‘tgan yili viloyat g‘allakorlari tomonidan 103,1 ming tonna g‘alla xirmoni yaratilib, hosildorlik 52 sentnerni tashkil etdi. 34,5 ming gektar maydondan 97 ming tonna paxta hosili yig‘ib olindi.

Bugungi kunda viloyatda yetishtirilayotgan paxtaning deyarli hammasi shu yerning o‘zida qayta ishlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-martdagi Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida tajriba tariqasida paxta xomashyosini chuqur qayta ishlashni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori asosida klaster usuli yo‘lga qo‘yildi. Ushbu tizim o‘zini to‘la oqlaganini o‘tgan yilgi natijalar ko‘rsatdi. Fermerlar daromadi yanada oshdi, hosildorlik ko‘paydi.

“Ohangrabo o‘lka” fermer xo‘jaligi tumandagi ilg‘or xo‘jaliklardan biri. Xo‘jalik rahbari Qudratilla Ahmedov tajribali dehqonlardan. Xo‘jalikning umumiy yer maydoni 80 gektar bo‘lib, uning 41 gektarida g‘alla parvarishlanmoqda. Ayni paytgacha g‘alla maydonlari 5-6 marotaba sharbat usulida sug‘orildi. 2 marta suspenziya qilindi. G‘allani zararkunanda va begona o‘tlardan asrash maqsadida barcha agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda xo‘jalikda 10 dan ortiq texnika mavjud. Ayni paytda fermer xo‘jaligida 80 bosh qoramol, 450 bosh qo‘y boqilmoqda. Har kuni 500 litr sut aholiga yetkazib beriladi.

Xo‘jalik 6 yildan buyon qishloq xo‘jaligida yangicha usuldan foydalanib keladi. Ya’ni maxsus texnika orqali yerga urug‘ tushishidan oldin mahalliy o‘g‘it sepib chiqiladi. Bu texnika o‘g‘itning yerga bir me’yorda tushishini ta’minlaydi.

6.JPG

13.JPG

– Bu sinovdan o‘tgan tajriba orqali hosildorlik amaldagidan qariyb 10 sentnerga oshdi, – deydi xo‘jalik rahbari Q.Ahmedov. – Ayni paytda chigit ekishga mo‘ljallangan maydonlarda shu usulni qo‘llamoqdamiz. Ertaga bu albatta o‘z natijasini ko‘rsatadi. Bu yil g‘alladan ko‘nglimiz to‘q. G‘alla maydonlariga 600 kilogrammdan ammofos hamda har gektar maydonga 10 tonnadan mahalliy o‘g‘it kiritdik. Natijada bitta bug‘doyning shonasi ayni paytda 12-15 taga yetgan.

Dehqonchilikka munosabat o‘zgargani ularning g‘ayratiga-g‘ayrat qo‘shib, o‘z mehnati samarasidan manfaatdorligini oshirmoqda. Bozorlarimiz to‘kinligi yo‘lida izlanayotgan, tunu kun mehnat qilayotgan dehqon-fermerlarimiz nafaqat o‘z oilasi, balki iqtisodiyotimizning mustahkam tayanchiga aylanayotir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Chigit ekishning yangicha usuli